Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1974 yil 13 martda tugilgan. 1996 yil Nizomiy nomidagi TDPIni tabiyot fanlar fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi- biologiya o’qituvchisi. Pedagogik staji 21 yil. Biologiya o’qitish metodikasi sohasida ilmiy izlanish olib boradi. 2006 yil “Umumiy o’rta ta’lim maktab biologiya darsliklarini loyihalashning didaktik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 2010 yil dotsent ilmiy unvonini olgan.
Rahbarligida 10 dan ortiq magistrlik dissertasiyalari va ko’plab bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilingan. 3 ta monografiya, 5 ta o’quv qo’llanma, 2 ta elektron darslik, 90 dan ortiq ilmiy (xorijiy va respublika miqyosida)maqola va tezislar muallifi.
“Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan effektiv foydalanishni takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlash arafasida.